Soğlom ovqatlaniş haqida ma'lumotlar şu qadar köpki, ularning qaysi biri haqiqatan ham foydali ekanini bila olmay qolasan ba'zan. Köp mahsulotlar umuman "aybsiz aybdor"dek bölib qolgan: soğlom turmuş tarzi tarafdorlari öz ratsionlarida ularni bekorga çetlab ötişmoqda. "Layfxaker" nima uçun ketçup, makaron va şokoladlar köpçilik öylaganidan yaxşiroq ekaniga doir ma'lumotlar bilan bölişdi.
Kartoşka

Kartoşka töğri ovqatlaniş va oziş foydasiga ratsiondan olib taşlanişi kerak bölgan mahsulotlar röyxatida köp bor qayd etiladi. Albatta, agar har kuni katta likopçani töldirib qovurilgan kartoşka iste'mol qilib, vaznni kamaytirişga umid qiliş notöğri. Şunday bölsa-da, kartoşka talay foydali xususiyatlarga ega.
Kartoşka - organizmda namlik muvozanatini saqlaş va miyaga kislorod yetkazib berişni yaxşilaş uçun muhim bölgan kaliy manbai. Örtaça hajmdagi kartoşkada 20 foizgaça kundalik kaliy normasi böladi. Bu elementning maksimal miqdoriga erişiş uçun peçda pişirilgan kartoşkani pösti bilan iste'mol qiling. Tabiiyki, bunda uning pöstini oldindan yaxşilab yuviş şart.
Mahsulot tarkibidagi sellyuloza C va B6 vitaminlari bilan birga xolesterin miqdorini kamaytirişga yordam beradi. Şunday ekan, öçoq yoki gaz peçida pösti bilan pişirilgan kartoşkani xuş köruvçilar öz yurak va qon tomirlari uçun xotirjam bölişlari mumkin.
Şokolad

Bu yerda töğri ovqatlaniş tarafdorlari qisman haq. Agar normal tuşlikni har kuni şokolad batonçasiga almaştirilsa yoki kuniga bittadan sutli şokolad iste'mol qilinsa, organizmingiz sizdan minnatdor bölişi qiyin. Sutli şokoladni aççiğiga almaştiring. U qadar şirin bölmasligi mumkin, lekin foydali ekani aniq.
Birinçidan, şokolad iste'moli yurak-qon tomir kasalliklari xavfini qisqartiradi: teobromin va katexin qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi. Şokoladda kakao qirindisi qança köp bölsa, şunça yaxşi. Bu borada sutlidan köra aççiq şokolad maqsadga muvofiq, oq şokoladni esa umuman jiddiy qabul qilmagan ma'qul.
















