Sport | 09:07 / 10.09.2017
10070
1 daqiqa o‘qiladi

Tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionatida 83-o‘rindagi tennischi g‘olib bo‘ldi

Foto: Else/Getty Images

Tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati – US Open finalida amerikalik Sloan Stivens hamyurti Medison Kiz ustidan g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibasi bo‘ldi.

Nyu-Yorkda o‘tgan hal qiluvchi uchrashuv bir soat-u bir daqiqa davom etib, 6:3, 6:0 hisobi bilan yakunlangan.

Ikki tennischi ham bunday yuqori darajada ilk bor o‘ynadilar: avval ular 4-raunddan uyog‘iga chiqa olishmagan. Ayollar tennis uyushmasida 83-o‘rinni egallayotgan 24 yoshli Stivens bundan avval musobaqaning yarimfinalida o‘zidan ancha kuchli raqibi Vinus Uilyamsni kutilmaganda mag‘lub eta olgandi. 22 yoshli Kiz esa yarimfinalda Koko Vandevege ustidan g‘alaba qozongandi. 

Ushbu unvon Stivens uchun uyushma musobaqalarida qo‘lga kiritgan beshinchi va joriy mavsumdagi birinchi unvoni bo‘ldi.

Mavzuga oid