Hammasiga faqatgina Babayan aybdormi? Janubiy Koreya bilan uçraşuv yakuniga yetganidan söng xayolimga kelgan fikrlarning eng birinçisi şu böldi. Töğri, Samvel Babayan futbolimizda asosan menejyerlik, jamoaning taşkilotçilik işlari bilan şuğullanib yurgan. Biroq, Özbekiston terma jamoasining Jahon çempionatiga çiqa olmaganida birgina Babayanning aybi bor, deb bölmaydi. Bunga Özbekiston futbolidagi butunboşli tizim javobgar. Ha, obröliroq joyda işlaydigan kişilarning erkatoy öğillarini iste'dodli bolalardan ustun qöyib, futbol jamoasiga qabul qiladigan, asosiy tarkibda maydonga tuşiradigan, bolalar örtasidagi musobaqalarda yoşni 2-3 barobarga kamaytirib körsatadigan şu tizim aslida hammasiga aybdor.
Futbol qaçon rivojlanadi? Qaçonki korrupsiya, taniş-bilişçilikdan xoli bölsa. Qaçon haqiqiy iste'dodlarga yöl oçib berilsa, qaçon öşa yigitlarga xorijdan taklif tuşsa, beriladigan mablağlar hisobidan öz çöntagini qappaytiriş payidan bölmaydigan murabbiylar-u mutaxassislar işlasa.
«Sport» telekanalidagi şarhlovçilar Janubiy Koreya bilan öyin yakunida Sambel Babayanni barçasiga balogardon qilib qöyişdi. Töğri, u ham juda köp xatolarga yöl qöydi. Sergeyev, Lobanov kabi «suyukli» futbolçilarini maydonga tuşiraverib, muxlislarni bezdirib yuborgani bor gap. Ammo, agarda gap faqatgina murabbiyda bölganida, nima uçun öz davrida maqtalgan, söng esa yaxşilab sökilgan mutaxassislar bizni JÇga olib çiqa olmagan? Ba'zi jurnalistlar aytganidek «futbolimizning görkovi»ga aylangan Babayandan avvalgi mutaxassislar ham öz işini uddalay olmagaç, qança haqorat va malomatlarga uçraganini köpçilik yaxşi biladi, menimça. Mirjalol Qosimovning öyindan sönggi matbuot anjumanida aytgan «Bolalarda ayb yöq, hamma ayb menda» degan gaplari kişilar orasida kulgi aralaş tilga olinganida ham barçasiga faqatgina murabbiyni aybdor qilgandik. Abramov 2-3 öyinda salbiy natija qayd etganidan söng uning iste'fosini talab qila boşladik. Balki hamma ayb özimizdadir? Balki biz (qançalik qöpol va oğriqli bölmasin - korrupsiya, taniş-bilişçilik kabi narsalarning kelib çiqişiga aslida özimiz sababçimiz) aynan şunga loyiqdirmiz? Koreya bilan öyindan keyin Babayanni butun şaharga eşitiladigan qilib sökib ketgan muxlislar yana mağlubiyatga faqatgina bir kişini mas'ul qilib qöyişdi. Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob beriş istagida bölmay (çamamda – u ruhan bunga tayyor bölmagan, umuman özgaça kayfiyatda intervyu berişni rejalaştirgan), çiqib ketgan insonning ketidan «beğaraz» deb sökkan jurnalistlar ham...
Aslida futbolimizda, hayotimizning barça sohalarida bölayotgani kabi, tub islohotlar davri keldi. ÖFF prezidentligiga boşqa şaxs saylangani bilan u katta özgarişlarni amalga oşirmas ekan, yangi kelgan murabbiyni ham «beğaraz» deb sökişda davom etaveramiz. Taniş-bilişçilik, korrupsiya, deb atalmiş narsalarni yöqotmas ekanmiz, «futbolimiz görkovlari» haqida gapirişdan çarçamaymiz.












