Qöşma Ştatlarga yopirilgan «Irma» dovuli birinçi darajaga qadar kuçsizlandi, deb xabar bermoqda AQŞ dovullar haqida ogohlantiriş Milliy markazi.
Markazdan ta'kidlaşlariça, «Irma» Florida ğarbiy yarim oroliga harakatlangani sari zaiflaşib bormoqda. Hozirda dovul içidagi maksimal şamol tezligi soatiga 135 kilometrni taşkil etadi, uning markazi esa Tampadan 40 kilometr şimoli-şarqda va Leyklenddan 30 kilometr şimoli-ğarbdadir. Dovul soatiga taxminan 24 kilometr tezlik bilan şimoli-ğarbiy yönalişda harakatlanmoqda.
Avvalroq «Irma» tufayli Mayami markazi suv ostida qolgani xabar berilgandi.












