Vazirlar Mahkamasining 29.08.2017 yildagi 681-son qarori bilan  “Kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş böyiça Konsortsium” MÇJ (Konsortsium) tomonidan zayom beriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Eslatib ötamiz, Konsortsium Toşkentda tijorat banklari tomonidan taşkil etilgan bölib, uning boşlanğiç ustav jamğarmasi 50 mlrd. sömni taşkil etgan.
 
Qanday hujjatlar zarur

Zayom ham kasanaçining öziga, ham kasanaçilik mahsulotlari buyurtmaçisiga (Özbekiston rezidenti – kasanaçiga iş beruvçi) taqdim etiladi.

Zayom beriş yoki uni berişni rad etiş töğrisidagi qaror hujjatlar kelib tuşgan kundan boşlab 3 iş kuni doirasida qabul  qilinadi.
 
Zayomning şartlari qanday?

Eng yuqori miqdori 100 EKIH (buyurtmanoma beriş sanasiga) bölgan zayom bir nafar kasanaçiga yoki buyurtmaçiga 3 yil muddatga beriladi. Asosiy qarzni qaytariş 6 oylik imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boşlanadi.

Zayomdan foydalanganlik uçun foiz stavkasi MBning zayom şartnomasi tuziş kunidagi qayta moliyalaştiriş stavkasidan yuqori bölmagan miqdorda belgilanadi. Foizlar har kuni zayom böyiça qarzning amaldagi qoldiğiga hisoblanadi va şartnomada körsatilgan jadval böyiça söndiriladi.

Bunda majburiyatlar ta'minotining quyidagi turlari qabul qilinadi:

•  sotib olinadigan tovarlar (zamonaviy maşinalar va asbob-uskunalarni sotib oliş uçun zayom berişda);
•  köçar va köçmas mulk garovi;
•  qimmatli qoğozlar;
•  tijorat banki yoki suğurta taşkilotining kafolati;
•  uçinçi şaxsning kafilligi;
•  olingan zayomning kasanaçi yoki buyurtmaçi tomonidan qaytarilmaslik tavakkalçiligining Konsortsium foydasiga suğurta qilinganligi töğrisida suğurta polisi.