Virgin Group korporatsiyasining 67 yoşli asosçisi Richard Brenson Virgin orollaridagi Nekker xususiy orolida joylaşgan uyining "Irma" dovuli kelişi natijasida qay ahvolga tuşganini namoyiş etdi.
Milliarder bu haqida videorolik olib, uni özining Instagram'iga joyladi. Kadrlarda qanday qilib dovul Brensonning uyidagi hamma narsani tözğitib taşlaganini köriş mumkin.
Tabiiy ofat vaqtida işbilarmon öz oilasi bilan orolda bölgan. Dovul kelganda ular podvalga yaşirinişgan.
Özining uylari vayron bölgan bölişiga qaramay, milliarder birinçi navbatda tabbiy ofatdan köproq jabrlangan va boşpanasiz qolganlarga yordam berişga qaror qildi. Brenson Virgin korporatsiyasi saytida paydo bölgan maxsus sahifada "Irma"dan zarar körganlarga mablağ yiğişni taşkil qildi.
"Oroldagi binolar va ösimliklarning katta qismi vayron bölgan yoki kuçli zarar körgan. Biroq hozir gap Nekker haqida emas - gap Virgin orollarida boşpanasiz va yaşaş uçun pul vositasisiz qolgan ön minglab kişilar haqida bormoqda".
Richard Brenson
Brenson 30 gektarli orolni 34 mehmonga möljallangan haşamatli kurortga aylantirgandi. Bu yerda bir kun mehmon böliş 1946 dollar etib belgilangan.

















