Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Xiaomi yangi smartfoni taqdimotida iPhone 8’ning ustidan kuldi
Xiaomi kompaniyaning Mi Mix 2 nomi ostidagi yangi smartfoni taqdimotida raqobatchilarining gadjyetlari - Samsung Galaxy S8 va iPhone 8’ni ko‘rimsiz holda tasvirladi. Taqdimot marosimidan video YouTube’da joylashtirildi.
Xiaomi uch gadjyetni yuzlar ko‘rinishida tasvirladi. Shu bilan birga, ularning har birida soqol va sochlar displeyni cheklovchi ramkalarni anglatadi. Shu tariqa, kompaniya Mi Mix 2 boshqa uskunalar bilan taqqoslaganda, kattaroq ekranga ega ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Tvitter foydalanuvchilari esa bu vaziyatni Apple ustidan kulishga bo‘lgan urinish sifatida qabul qilishdi, sababi iPhone 8 bu sxemada o‘z raqobatchilariga qaraganda eng yomon ko‘rinishda tasvirlangan.
Avvalroq 12 sentabrda iPhone 8 bilan birga iPhone X smartfoni ham taqdim etilishi kutilayotgani xabar berilgandi.
Did @xiaomi just mocked @SamsungMobile #S8 and @Apple #iPhone8 with their #MiMix2 in #MiMix2launch ahead of #iPhone launch event?? pic.twitter.com/a0cCvMYt2T
— TechReels (@techreels) September 11, 2017
Mavzuga oid
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026
Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
09:39 / 19.06.2026