AQŞ Myanmadagi rohingya musulmonlari bilan boğliq vaziyatni qoralaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning xabarida aytiladi.
«Biz xavfsizlik kuçlari va bu kuçlar roziligi bilan harakat qilayotgan fuqarolar tomonidan inson huquqlarining buzilişi, jumladan, suddan taşqari qatllar, qişloqlarning yoqib yuborilişi, ommaviy qotilliklar va zörlaş holatlari haqidagi xabarlardan taşvişdamiz», - deyiladi xabarda.
Oq uy Myanma hukumati va xavfsizlik kuçlarini zöravonlik hamda oddiy fuqarolarni qişloqlardan haydab çiqarişni töxtatişga çaqirdi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengaşida Myanma böyiça uçraşuv qaçon ötkazilişi ma'lum bölgandi.











