Bugun, 12 sentabr kuni Yevropada Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga start beriladi. To‘rtta guruhda 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz A, V, S va D guruhlaridagi juftliklarga e'tibor qaratadi va e'tiborga molik statistik ko‘rsatkichlarga to‘xtalib o‘tadi.
BeNFIKA – TsSKA (12 sentabr, 23:45, Match TV)
— «Benfika» va TsSKA klublari shu vaqtgacha Chempionlar Ligasida to‘qnash kelishmagan. Ularning o‘zaro o‘yinlari 2004/05 yilgi UYeFA kubogiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda 1/16 finalda rossiyaliklar o‘z maydonlarida 2:0 hisobida zafar quchgan, Lissabonda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Yakunda «armiyachilar» ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi.
— TsSKA 11-marta (qatorasiga 5-marta) Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etmoqda, bu Rossiya jamoalari ichida ikkinchi ko‘rsatkichdir. «Spartak» 12-marta qatnashmoqda.
— TsSKA ChLning oxirgi 10 uchrashuvida g‘alaba qozona olgani yo‘q — 4 durang, 6 mag‘lubiyat.
— Ruslar jamoasi bosh murabbiyi Viktor Goncharenko uchun bu to‘rtinchi qatnashuv. Murabbiy avvalgi yillarda BATE klubi bilan musobaqada 3 o‘yin o‘tkazgan.
MANCheSTeR YuNAYTeD – BAZeL (23:45, Match! Nash Sport)

— «Bazel» shu paytgacha 2 marta «Old Trafford»ga mehmon bo‘lgan va yutqazmagan. 2003 yilning martida 1:1, 2011 yilning sentabrida 3:3 hisobi qayd etilgan.
— «Manchester Yunayted» avvalgi 20 urinishning 16tasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan. Ammo so‘nggi 4 martasining yarmida guruhda qolib ketgan.
— «Bazel» musobaqadagi so‘nggi 10 uchrashuvning birortasida ham g‘alaba qozona olmayapti, shuningdek, bu o‘yinlarda shveysariyaliklar jamoasi bittadan ortiq gol ura olmagan.
— Joze Mourino Chempionlar ligasida beshinchi klubini maydonga boshlab keladi. Murabbiy ilgari «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real» klublari bilan turnirda qatnashgan. Faqat Karlo Anchelotti (7), Rafayel Benites (6) va Klaudio Raneri (6) bu borada yaxshiroq ko‘rsatkichga ega.
— Pol Pogba 32 marta YeChL o‘yinida ishtirok etib, atigi 2 gol muallifi bo‘lgan.
BAVARIYa – ANDeRLeXT


















