Dubay Italiyaning Venetsiya şahri asos qilib olinadigan “suzuvçi şahar” loyihasi qurilişi boşlanişini e'lon qildi. Loyiha qiymati 680 mln dollarni taşkil qiladi, deb xabar bermoqda Arabian Business naşri.
Dubay “Venetsiyasi”ning bir qismi suv ostida joylaşadi. Taşrif buyuruvçilar bu yerga dengiz yoki havo transportida kela olişlari va suv ostidagi “Avliyo Mark maydoni”da (xuddi şunday maydon Venetsiyada ham bor) röyxatdan ötişlari mumkin böladi. Söngra mehmonlar kanallar orqali hordiq çiqariş joylariga Italiyadan keltirilgan gondolalarda olib boriladilar. Dubay “Venetsiyasi”da mehmonxonalar va boşqa dam oliş maskanlaridan taşqari an'anaviy italyan festivallari, madaniy körgazmalar va tadbirlar ötkaziladigan maydonçalar joylaşadi.
The Floating Venice (Suzuvçi Venetsiya) deb nomlangan uşbu loyiha atrofida 400 ming fut kvadrat dengiz marjonqoyasi yetiştiriladi va 12 ta plyaj joylaşadi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu loyiha kamida 100 yil xizmat körsatişi hisobga olinib qurilmoqda. Yangi “Venetsiya” 2020 yilda taşrif buyuruvçilar uçun oçiladi.












