Eng sönggi, 210-Ferrari LaFerrari Aperta tomi oçiq sportkari 8,3 million yevroga (10 mln dollarga yaqin) sotildi. Avtomobil RM Sotheby’s kim oşdi savdo uyi tomonidan taşkil etilib, işlab çiqaruvçining 70 yilligiga bağişlangan Leggenda e Passione tadbiri doirasida sotildi. Savdodan tuşgan mablağ xayriya maqsadida Save the Children taşkilotiga taqdim etiladi. 

Sönggi LaFerrari Aperta oç qizil tusga böyalgan. Ikkita poyga çiziği ham bor. Saloniga alkantara bilan işlov berilgan. Bundan taşqari uglerod tolasidan yasalgan qoplamalar bilan jilolangan. Şuningdek, avtomobil eşigi oçilganida Save the Children taşkiloti timsolini köriş mumkin.

Foto: RM Sotheby’s 

LaFerrari sportkariga 6,3 l V12 dvigateli va elektromotor örnatilgan. Uning umumiy quvvati — 963 ot kuçiga teng. Aperta tezligini 3 soniyada joyidan «yuz»ga çiqaradi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 350 kmni taşkil etadi.