Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bölib ötgan butunjahon EXPO-2017 körgazmasida eng yaxşi pavilonlar taqdirlandi. Ularni taqdirlaşda nafaqat körgazma tematikasiga mosligi hisobga olindi, şuningdek, taşrif buyuruvçilar uçun qulayligiga ham e'tibor qaratildi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Mukofotlarning ikki toifasi joriy etildi: birinçisi — körgazma dizayni, rasmiylaştirilişi, eksponatlar va ularning körgazma tematikasiga mosligi bölsa, ikkinçisi — tematikani oçiş, kelajak energiyasi sohasida innovatsion yeçimlar jihatiga nisbatan belgilandi. Mukofotlar qatnaşuvçilarning har bir jihatini baholadi: dizayndagi innovatsiya, eksponatlarning taqdim etilişi, boy va tuşunarli yeçimlar, pavilonlar içidagi oqimning qulay taşrif uçun yengil sirkulyatsiyasi va boşqalar.
Qayd etib ötiş kerakki, eng yaxşi pavilonlarni aniqlaş uçun milliy pavilonlar 4ta turga bölib olindi: 700 kv.m. va undan ortiq; 400 dan 700 kv.m.gaça; 400 kv.m.dan kam; va qöşma pavilonlar.

Körgazmalar, arxitektura sohasida xizmat körsatgan va xalqaro körgazmalarda qatnaşib yurgan 9 ekspertdan iborat xalqaro hakamlar hay'ati ikki toifada — körgazma dizayni va körgazma tematikasini oça olganiga qarab, birinçi, ikkinçi va uçinçi örin egalarini aniqlab berişdi.
Qöşma pavilonlar orasida «Körgazma dizayni» toifasida «bronza» Lotin Amerikasi, «kumuş» — Tinç okeani orollari, «oltin» esa Karib hamjamiyati pavilonlariga nasib etdi. «Tematikaning oçib berilişi»da esa «bronza» — Ukrainaga, «kumuş» — Ganaga, «oltin» — Tojikiston paviloniga ketdi.
400 kv.m.dan kam bölgan pavilonlar orasida «Körgazma dizayni»da «bronza» Latviyaga, «kumuş» — Slovakiyaga, «oltin» esa Polşaga berildi. «Tematikaning oçib berilişi» toifasida Çexiya («bronza»), Singapur («kumuş») va Finlyandiya («oltin») ğolib böldi.
400 kv.m.dan 700 kv.m.gaça bölgan pavilonlar içra eng yaxşi dizayn tasnifida «bronza» — Monakoga, «kumuş» — Ozarboyjonga, «oltin» esa Qatarning paviloniga berildi. «Tematikaning oçib berilişi» tasnifida uçinçi örin Hindiston, ikkinçi örin Vengriya va birinçi örin Şveytsariya pavilonlariga topşirildi.












