Adliya vazirining buyruği (2017 yil 28 avgust) bilan Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari böyiça attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 19.01.2017 yildagi PQ–2733-son «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq davlat organlari va taşkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalarini beriş, köp yillik xizmat uçun ustamalarni tölaş tartibi tatbiq etiladi.
Qabul qilingan Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
• adliya organlari va muassasalaridan işga ötgan Prezident devoni boşqaruv xodimlariga;
• Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatning, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmatlari xodimlariga, şuningdek Hukumat apparati boşqaruvçisining huquqiy ekspertiza masalalari böyiça örinbosariga hamda uning apparati yetakçi mutaxassisiga nisbatan.
Davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur toifadagi xodimlari attestatsiyadan ötmaydi.
Martaba darajalari böyiça attestatsiyadan ötkaziş yuridik xizmat xodimining navbatdagi attestatsiyadan ötişi, deb hisoblanmaydi hamda attestatsiyadan ötiş muddatining uzaytirilişiga asos bölmaydi. Ya'ni uşbu ikki turdagi attestatsiyani adaştirmaslik kerak.
Attestatsiya adliya vazirining buyruğiga asosan tuziladigan Yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari böyiça attestatsiyadan ötkaziş komissiyasi tomonidan ötkaziladi. Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş işlari tegişinça Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va metodik ta'minlaş boşqarmasi va uning hududiy şö'balari tomonidan taşkil etiladi. Bu jumladan martaba darajalariga tavsiya etiş haqidagi hujjatlarni dastlabki körib çiqiş va ularni tegişli takliflar bilan Komissiyaga kiritişga ham taalluqli.
Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarining attestatsiyasi tegişli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boşlab bir oy içida ötkaziladi. Komissiya martaba darajasiga tavsiya etiş masalasi ma'lumot-tavsifnomada keltirilgan iş faoliyati natijalari, kasbiy tayyorgarlik darajasi inobatga olingan holda yuridik xizmat xodimining iştirokisiz körib çiqadi. Suhbat zarur holatlardagina ötkaziladi. Komissiya yiğilişi a'zolarining kamida 2/3 qismi iştirok etganda vakolatli hisoblanadi.

















