Xitoyda fizika qonunlariga böysunmaydigan dvigatel yaratilgani ma'lum qilindi. Bu haqda CCTV-2 telekanaliga iqtibos keltirgan holda The Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Taşqivot videosida xitoylik olimlar yonilği işlatmaydigan EmDrive dvigatelini yaratişgani ta'kidlangan. Bu dvigatelning qöllanişi insonlarga Marsgaça 10 kunda yetib oliş imkonini bergan bölardi.

Videoda dvigatel konstruksiyasining texnik tafsilotlari keltirilmagan, biroq ta'kidlanişiça, yaqin orada dvigatel koinotda sinovdan ötkaziladi.

Ma'lumotlarga köra, EmDrive mikrotölqinlarni generatsiya qiluvçi magnetron va ularning tebranişlari energiyasini jamlovçi rezonatordan taşkil topgan. Bunda vujudga keltiriladigan tortiş kuçini energiyani saqlaş qonuni bilan tuşuntirib bölmaydi. Dvigatel yaratuvçilarining aytişlariça, bunday dvigatel negizida yaratilgan kuç qurilmasi bilan Quyoş tizimining çekkasiga bir neça oyda yetib boriş mumkin.

Avvalroq NASA koinot agentligi EmDrive haqiqatan ham “doimiy” tortiş kuçini işlab çiqarişi ta'kidlangan ilmiy işni çop etgandi. Bunda na yonilği işlatiladi va na yönaltirilgan nurlaniş tutami işlab çiqiladi. Bu esa impulsning saqlaniş qonuniga zid keladi.