Bugun, 12 sentabr kuni Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi öz işini boşlaydi. Anjuman doirasida umumiy majlis va umumyalpi siyosiy muhokamalar ötkaziladi.

Boş Assambleyaning oliy siyosiy muzokaralari 19-25 sentabr kunlari mobaynida bölib ötadi.

19 sentabr kuni, Assambleya Oliy muzokaralarining ilk kunida BMT boş kotibi, AQŞ, Armaniston, Afğoniston, Braziliya, Isroil, Polşa, Fransiya prezidentlari qatorida Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev ham minbarga çiqib, nutq sözlaşi rejalaştirilgan.

Davlat rahbari Ostonada bölgani kabi özbek tilida nutq qilişi mumkin.

Muzokaralarning eng dolzarb mavzusi dunyo aholisi uçun munosib hayot yaratiş hisoblanadi.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Afğonistondagi vaziyat, narkotrafik masalalari, yadro qurolini tarqatmaslik, Markaziy Osiyo va dunyodagi ekologik muammolarni tilga olişi kutilmoqda.