Soçning tökilişi — keng tarqalgan muammo. Ayollarning uçdan bir qismi va erkaklarning aksariyati şundan aziyat çekadi. Biroq taroqlardagi soçlar har doim ham xavotirga sabab böla olmaydi. "Ortodoks" tibbiy portalida ma'lum qilinişiça, soç tökilişining ham nasliy, ham bartaraf etilişi mumkin bölgan sabablari köp, buning uçun ba'zi odatlar va turmuş tarziga tuzatiş kiritilsa kifoya.

Soçlarning tökilişidan nafaqat keksalar, balki yoşlar ham şikoyat qilişadi. Şunday bölsa-da, soçlarning salomatligi bilan şuğullanuvçi trixologlar - şifokor-dermatologlar - har kuni yuztaça soçning tökilişi xavotir uçun asos böla olmasligi, bu organizmning normal funksiyasi ekanini ta'kidlaşmoqda. Bahor va kuz mavsumlarida soçlar boşqa fasllarga qaraganda köproq tökiladi, bunday mavsumiy özgarişlardan qörqişga hojat yöq.

Biroq vannaga tuşganingizdan keyin hamma yoq soç bilan tölsa, mutaxassisga uçraşişni keçiktirmang.

Londondagi amaliyotçi trixolog Anabel Kingslining fikriça, soçlarning tökiliş sabablari genetik (nasliy) va reaktiv (organizmning öziga xos reaksiyasi) böladi.

Birinçi holatda muammo bilan kuraşişning deyarli imkoni yöq, ikkinçisida - sababning bartaraf etilişi, qoidaga köra, salbiy jarayonni töxtatadi va soçlar jilosini qayta tiklaydi. Insonning genetik jihatdan soç tökilişga moyilligini aniqlaş oson: uning ota-onasiga nazar taşlansa, bas. Reaktiv sabablar orasida esa quyidagilarni keltiriş mumkin:

 

Gormonal nomuvofiqlik

Gormonlar muvozanatining buzilişi köplab kosmetik muammolarni yuzaga keltiradi. Soçlarning tökilişi - ulardan biri, xolos. Ayollar gormonlari estrogenlar soç tolalari bilan "döstlaşa olsa", androgenlar - erkaklar jinsiy gormonlari - davriylik davomiyligini qisqartiradi. Endokrin tizimining işdan çiqişi natijasida namoyon bölgan gormonal buziliş anrogenlarning me'yordan köpayib ketganida yuzaga kelib, soçlarning tökiliş holatini keltirib çiqarişi mumkin.

 

Stress

Soçning asabiy zöriqişdan tökilişi afsona emas. Stressning ta'sir körsatiş mexanizmi bundan oldingi holatdagidek keçadi, muammo organizmda androgenlarning oşib ketişi natijasida paydo böladi. Bundan taşqari, Anabel Kingsli ta'kidlaydi: