Gulnora Roziqova (ism-familiyalar özgartirilgan) farzandi uçun 2 yoşgaça tölanadigan nafaqa berilişini sörab, Şahrixon tumanidagi Segaza MFY raisiga ariza bilan murojaat qiladi va kerakli hujjatlarni taqdim etadi. MFY qoşidagi ijtimoiy qöllab-quvvatlaş komissiyasi uning hujjatlarini atrofliça örganib çiqib, oila daromadi belgilangan mezondan ortiq ekanligini aniqlab, asosli ravişda nafaqa tayinlaşni rad etadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bundan G.Roziqovaning turmuş örtoği Durbekning jahli çiqadi. Könglida ğaraz niyat tuğilib, özining telefonidan prokuratura işonç telefiga qönğiroq qiladi va MFY kotibi farzandiga nafaqa tayinlaş uçun 100 AQŞ dollari miqdorida pora sörayotganini aytadi.

Biroq, tezkor örganişlarda Durbek MFY kotibiga ğarazgöylik maqsadida tuhmat qilgani, telefon orqali bergan xabari yolğon ekanligi ma'lum böladi.

Jinoyat işlari böyiça Şahrixon tuman sudida D.Roziqovning jinoiy xatti-harakati körib çiqildi. Unda sudlanuvçi öz aybiga töliq iqror bölib, “Jahl kelganda, aql ketar” qabilida iş tutgani, prokuratura aralaşuvi bilan farzandiga nafaqa undirmoqçi bölgani, aslida MFY kotibi undan pul talab qilmagani, qilmişidan puşaymonligini bildirib, suddan yengillik berilişini söradi.

Sud aybdor, jabrlanuvçi va guvohlarning körsatmalarini tinglab, jinoyat işi böyiça hujjatlarni atrofliça tahlil qilib, D.Roziqovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jazo tayinladi.