Farğonada tuhmat moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida IIB xodimining uyida tintuv ötkazildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, 2025 yil 20 iyul kuni noma’lum şaxs ijtimoiy tarmoqlardagi ikkita guruhda IIV ŞXBB Farğona viloyati böyiça boşqarmasi boşliği A.I.ga nisbatan tuhmat xabar tarqatgan. Xabarda “IIB mansabdori fuqaro Ş.A.ga şar’iy nikoh asosida ikkinçi xotin sifatida uylanib olgani” aytilgan. Xabarga A.I. va Ş.A.ning suratlari ilova qilingan.

Holat yuzasidan Farğona viloyati prokuraturasi tomonidan noma’lum şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlarini olib boriş jarayonida, oldinroq YHXBB inspektori lavozimidan olingan, hozir viloyat IIBning navbatçilik qismida işlayotgan xodim R.D. uşbu jinoyatni sodir qilişda gumonlangan va uning yaşaş xonadonida tintuv ötkazilgan.

“R.D. jinoyatga aloqador bölgan axborot taşuvçi vositalar saqlab kelayotgani hamda ulardan mazkur ma’lumotlarni tarqatişda foydalangani” haqida olingan tezkor ma’lumot tintuvga rasmiy asos bölgan.

Jinoyat işi doirasida IIV ŞXBB Farğona viloyati böyiça boşqarmasi boşliği A.I. guvoh tariqasida söroq qilingan. U tuhmatdan iborat xabarni çiqarişga R.D. aralaşgan bölişi mumkinligini aytgan. Bunga sabab sifatida esa xizmat davomida noörin harakatlar sodir qilgani uçun R.D.ga nisbatan ŞXB tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari ötkazilib, lavozimidan ozod etilgani va jinoyat işi qözğatilgani tufayli adovati saqlanib qolgan deb öylaşini ma’lum qilgan.

Kun.uz manbasiga köra, tintuv R.D.ning yaşaş xonadoni va yordamçi xöjaliklarida sud ajrimiga asosan ötkazilgan, lekin unda şubhali heç narsa topilmagan.