UYeFA prezidenti Aleksander Çeferin «PSJ»ning Neymar va Kilian Mbappe (222 million va 180 mln yevro) transferi böyiça fikr bildira turib, ularning moliyaviy feyr-pley talablari böyiça jazoga tortiliş imkoniyatini baholadi.

«Men Platinidek maşhurlikka intilsam, «PSJ»ni yevrokuboklardan çetlatişim kerak böladi», – degan Çeferin.

«Heç kim qonundan ustun bölmaydi. Yaqin vaqt içida biz parijliklarning transferlari böyiça tekşiruvlar natijalarini körib çiqamiz. Sanktsiyalar öta beşafqat bölişi mumkin», – deya UYeFA prezidentining tahdidona sözlarini keltirgan L'Equipe.

«Agar «PSJ»ning aybi isbotlansa, men bu klubni yevrokuboklardan çetlataman. Biz jazolaşdan qörqmaymiz», – deya qöşimça qilgan sloveniyalik amaldor.

Eslatib ötamiz, UYeFA «PSJ»ning moliyaviy feyr-pley qoidalari talablariga qançalik amal qilgani böyiça tekşiruv olib bormoqda.