Volkswagen avtokonsernining ma'lum qilişiça, 2030 yilga kelib taxminan 300 modeldagi avtomobillarining barça qatori xaridorlarga elektromotor bilan ham taklif etiladi.
Volkswagen Group rahbari Mattias Myullerning xabar berişiça, bu maqsadga erişiş uçun konsern elektromobillar işlab çiqariş uçun sarmoyalarni ikki barobarga oşiradi – 20 milliard yevroga.
Hozirgi modellarni elektrodvigatellar bilan jihozlaşdan taşqari, Volkswagen 2025 yilga kelib 80 ta yangi elektromobilni taqdim etişni rejalaştirgan.
Volkswagen öz avtomobillari uçun batareyalarni boşqa yetkazib beruvçilardan sotib oliş uçun yaqin bir neça yil içida taxminan 50 milliard yevro sarflaşni möljallamoqda.
«Odamlar toza maşinalarni xohlamoqda. Odamlar toza havoni istaşmoqda, hamda biz bunga hissa qöşişga tayyormiz», - deya ma'lum qildi Mattias Myuller Frankfurt avtosalonida.
Avvalroq Mercedes-Benz 2022 yilga kelib öz qatoridagi avtomobillarning barça modellarini elektr yoki gibridli dvigatellar bilan jihozlaş rejalari bor ekani haqida ma'lum qilgandi. Volvo 2019 yildan faqatgina elektromobillar va gibridli dvigatellardagi avtomobillar işlab çiqarişga ötişni möljallamoqda.












