2017 yilning 31 iyul kuni, soat taxminan 4:00 da noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yaşnobod tumani hududida joylaşgan dökonga kiriş eşigini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, u yerdan fuqaro M.N.ga tegişli bölgan 8.000.000 sömlik tamaki mahsulotlarini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan edi. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni B.Ş. sodir etganligi aniqlangan.
 
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.