Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatga yuqori malakali huquqşunoslarni işga taklif qiladi.

Nomzodlarga qöyiladigan talablar:

- oliy yuridik ma’lumot;
- Ingliz tili (IELTS 5,5 ball) yoki boşqa çet tillarini, şuningdek rus tilini biliş;
- Tahliliy materiallar tayyorlaş qobiliyatiga ega böliş.

Vazifalari:

- huquqni qöllaş amaliyoti va  norma ijodkorligi sohasida monitoring va tahlillar ötkazişda iştirok etiş, şuningdek natijalariga köra amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
- huquqni qöllaş amaliyoti böyiça tahliliy materiallar tayyorlaş;
- hujjatlar loyihalarini tayyorlaş;
- statistik ma’lumotlarni tahlil qiliş va natijasi böyiça takliflar tayyorlaş;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda va huquqiy ekspertizadan ötkazişda iştirok etiş;
- yuridik va jismoniy şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş va qonuniy hal etiş.

Oylik iş haqi, ijtimoiy himoyalaşga qaratilgan çoralar va tölovlar:

- oylik iş haqi – dastlab 1,5 mln. sömdan 2 mln. sömgaça, keyinçalik uşbu oylik iş haqiga martaba darajalari uçun va köp yillik xizmati uçun 45 foizgaça qöşimçalar qöşib boriladi;
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
- transport xarajatlarini qoplaş uçun har oylik kompensatsiya tölovi (eng kam oylik iş haqi miqdorida);
- xodimlarning oziq-ovqat xarajatlarini qisman qoplaş uçun har oylik kompensatsiya tölovi (eng kam oylik iş haqi miqdorida);
- mehnat kodeksida belgilangan 6 ta bayram va 4 ta çorak yakunlari böyiça oylik iş haqi fondi miqdorida mukofot pullari;
- xodim ta’tilga çiqqanda ikki oylik iş haqi fondi miqdorida moddiy yordam puli;
- xodimga oilaviy şaroitiga köra ijtimoiy muhofaza qiliş tarzidagi pul mablaği (eng kam oylik iş haqining ikki baravari miqdorida);