«Hoffenhaym» jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsmann kelgusida «Bavariya»da işlaşni istaşini yaşirmayapti. 30 yoşli bu mutaxassis Myunxen klubida işlaşdan baxtiyor bölişi haqida gapirgan.

Biroz oldinroq qişda «Bavariya»ning  hozirgi boş murabbiyi Karlo Ançelotti Xitoy klublaridan biriga yöl olişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Italiyalik mutaxassisning özi esa bunday xabarlarni rad etgan va ularni «qandaydir hazil» deb atagan.

«Bavariya» mening orzularim qatorida. Men köp yil davomida Myunxenda yaşaganman, bu şahardan uzoq bölmagan Landsberg-am-Lex şaharçasida tuğilganman. Tez orada rafiqam bilan şu şaharçaga köçamiz», – degan Nagelsmann Eurosport kanali efirida.
 
«Agar men «Bavariya» murabbiyi bölsam, baxtdan ölsam kerak. Men şunday ham baxtiyorma, ammo «Bavariya» meni yanada baxtiyor qilgan bölardi. Ammo bu mening hayotimdagi muvaffaqiyatlar «Bavariya» bilan boğliq böladi, degani emas», deydi u.

Nagelsmann 2016 yil fevralida «Hoffenhaym» murabbiyiga aylangandi. U birinçi mavsumda jamoani quyi ligaga tuşib ketişdan asrab qoldi, keyingi mavsumda esa jamoasi bilan YeÇLga yöllanma uçun kuraşni davom ettiriş huquqini beruvçi törtinçi örinni qölga kiritdi. Jamoa ötiş öyinlarida «Liverpul» tösiğidan öta olmadi.