Maşhur boksçi Roy Jons yaqin orada UFC’ning sobiq çempioni, braziliyalik Anderson Silva bilan boks qoidalari böyiça jang ötkazişi mumkin. 48 yoşli sportçining aytişiça, jang Rossiyada ötkazilişi mumkin.

“Men Rossiyada jang ötkazaman, biroq hozirça qaçonligini bilmayman. Men bilan boks qoidalari böyiça braziliyalik Anderson Silva jang ötkazmoqçi edi va men bunga qarşi emasdim. Biroq öşanda Silva xarçand urinmasin, UFC’da unga jang ötkazişga ruxsat berişmagandi. Hozir bunday imkoniyat paydo böldi va men undan jang ötkazişga çaqiriq bölsa, uni 100 foizga qabul qilaman. Kim bilsin, balki bu jang Rossiyada ötar.
  
Menda bunday reja Floyd Meyvezerdan ança oldinroq paydo bölgandi. Menga uning Konor Makgregor bilan jangi yoqdimi? Bu boksni unça tuşunmaydigan odamlar uçun juda zör jang böldi – ajoyib tomoşa, olam-olam zavq, biroq jangga kelsak, u deyarli bölmadi”, deb aytgan Jons. 

Eslatib ötamiz, Jons Rossiya fuqaroligiga ega.