Braziliya oliy sudi mamlakat prezidenti Mişel Temerga qarşi yangi jinoiy iş qözğatdi, deb xabar bermoqda AP.
Sudning örnatişiça, prezident pora evaziga kompaniyalardan biri foydasiga farmonni imzolaganining isboti mavjudligi tergov boşlaşga ijozat beradi. Agar Temerga qarşi ayblovlar isbotlansa, unga impiçment xavf soladi.
Ma'lum qilinişiça, tergovni prokuror Rodrigu Jano boşlab va uni 17 sentabrgaça –vakolatlari muddati tugagunça olib boradi. Bundan keyin uning örnini Temer tomondan tayinlangan prokuror Rakel Doj egallaydi.
Avvalroq Temer unga korrupsiyada qöyilayotgan ayblovlarni “böş” deb atagandi.

















