Favqulodda vaziyatlar vazirining 2026-yil 17-oktabrdagi 233-son buyruği Adliya vazirligida 23-oktabr kuni 3963-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Röyxatda aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş va yonğin xavfsizligi sohasidagi qonunçilikka rioya etmaslik yuqori xavf soluvçi omil sifatida belgilangan. Nazorat qiluvçi organ sifatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi körsatilgan.

Bunday omilni baholaş uçun örmonlarda yonğin xavfsizligi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, fuqaro muhofazasi hamda umumiy yonğin xavfsizligi qoidalarining röyxatda sanab ötilgan bandlari asos böladi.

Şuningdek, hujjatda binolar va muhandislik tizimlariga oid şaharsozlik normalarining muayyan talablari qamrab olingan. Ular orasida:

- binolar va inşootlarning yonğin xavfsizligi;

- yonğin avtomatikasi tizimlari;

- gaz, içki va taşqi suv taʼminoti;

- isitiş, ventilyatsiya va konditsiyalaş;

- turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari;

- tabiiy va sunʼiy yoritiş;

- tomlar, tomqoplamalar va yoğoç konstruksiyalarga oid talablar bor.

Röyxat turar joy, jamoat va maʼmuriy binolar, tibbiyot, taʼlim va madaniyat taşkilotlarini loyihalaşga oid normalarni ham qamrab olgan.

Bundan taşqari, avtoturargohlar, qozonxonalar, omborxonalar, don saqlaş va unga işlov beriş korxonalari, sanoat hamda qişloq xöjaligi obyektlariga doir talablar keltirilgan. Avtomobillarga yonilği quyiş stansiyalari, neft va neft mahsulotlari omborlari hamda qurilişi tugallangan obyektlarni foydalanişga qabul qiliş böyiça normalarning aniq bandlari ham röyxatga kiritilgan.

Hujjatda har bir yönaliş böyiça yuqori xavfni belgilaşga asos böladigan normativ hujjat va uning tegişli bandlari sanab ötilgan. Buyruqning özida yangi jarima miqdorlari belgilanmagan.

Buyruq Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi bilan kelişilgan. U rasmiy eʼlon qilingan kundan - 2026-yil 24-oktabrdan kuçga kirgan.