Forbes global reytingida birinçi sakkiz poğonani egallab turgan tadbirkorlar bir sutkaning içida 8,3 mlrd dollarga boyişdi. Bundan Forbes Real Time ma'lumotlari darak bermoqda. Röyxat yetakçisi – Microsoft asosçisi Bill Geyts öz davlatini “atigi” 277 mln dollarga köpaytirib oldi - 85,3 mlrd dollargaça. Bunga dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçisi aksiyalarining 12 sentabr kuni 1,05 foizga ösgani sabab böldi.
Amazon aksiyalari ham ösmoqda – ular 1,25 foizga qimmatlaşdi hamda bir dona uçun 977,9 dollarlik darajada savdo qilinmoqda. Bu internet-reteyler asosçisi Jyeff Bezosga öz davlatini 83,3 mlrd dollarga yetkazib oliş imkonini berdi. Şunisi qiziqki, u va Geyts örtasidagi farq hamon ança katta ($2 mlrd).
Zara brendi egasi Amansio Ortega bir kun içida 2,2 mlrd dollarga boyidi, biroq 82,2 mlrd dollar bilan hamon uçinçi örinda qolmoqda.
“Omaxalik başoratçi” Uorren Baffet 926 mln dollarga boyroq böldi. Hozirda uning davlati 76,4 mlrd dollarga baholanmoqda, u Forbes Real Time reytingida törtinçi örinni egallab turibdi. Facebook asosçisi Mark Tsukerberg pullarini 1 mlrd dollarga köpaytirib oldi – 72,1 mlrd dollargaça.
Meksikalik magnat Karlos Slim ham boyişda davom etmoqda. Uning eng asosiy aktivi - America Movil xodimlari iş taşlaş uyuştirişganiga qaramay, uning davlati yarim kun içida 661 mln dollarga köpayib, 70,1 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Forbes Real Time’da yettinçi örinni Oracle hamasosçisi va boş direktori Larri Elliso egallab turibdi (+$975 mln - $63,5 mlrd). Forbes talqini böyiça eng boy tadbirkorlar sakkizligi röyxatiga Fransiyaning eng badavlat fuqarosi Bernara Arno yakun yasab berdi (+$1,3 mlrd - $58,4 mlrd).












