Yevropa çempionlar ligasining 1-turidan örin olgan yana ikki uçraşuv «S» guruhi doirasida bölib ötdi.
Bir yillik tanaffusdan söng YeÇLga qaytgan Londonning «Çelsi» klubi Antonio Konte boşçiligida YeÇL debyutanti «Qoraboğ»ni qabul qildi va qaytişni bayramga aylantirib yubordi. Londonliklar Ozarboyjon klubi darvozasiga javobsiz oltita gol kiritişga muvaffaq böldi. Guruhning ikkinçi uçraşuvida «Roma» va «Atletiko» jamoalari özaro durang qayd etişdi.
Natijada 1-turdan keyin «Çelsi» guruhda yetakçi bölib oldi. «Atletiko» va «Roma» hisobida esa bir oçkodan bor. «Qoraboğ» birinçi turdanoq autsayder maqomini öziga qabul qilib oldi.
Yevropa çempionlar ligasi, 1-tur
C Guruhi
Çelsi (Angliya) – Qoraboğ Ozarboyjon 6:0 (2:0)
Gollar: Pedro (5), Dzappakosta (30), Aspilikueta (55), Bakayoko (71), Batşuayi (76, 82).
Çelsi: Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta (Ryudiger, 75), Villian, Kante (Bakayoko, 63), Pedro (Azar, 58), Fabregas, Dzappakosta, Batşuayi.
Qoraboğ: Şexiç, Sadygov (Madatov, 70), Jyezniçak, Medvedev, Guseynov, Garayev (Diniyev, 70), Rişard, Miçel, Gere, Pedro Enrike (Elyunussi, 77), Ndlovu.
Ogohlantiriş: Keyxill (16).
Roma (Italiya) – Atletiko (Ispaniya) 0:0
Roma: Alisson, Manolas, Kolarov, Jyezus, Bruno Peres, Strotman, de Rossi, Nainggolan (Pellegrini, 79), Perotti, Defrel (Fasio, 68), Djyeko (El-Şaaravi, 89).
Atletiko: Oblak, Saviç, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Gabi (Ferreyra Karrasko, 62), Parti, Saul, Grizmann (Gaytan, 79), Vetto (Korrea, 58).
Ogohlantiriş: Perotti (71).













