Bugun Yevropa Çempionlar Ligasi guruh bosqiçida qolgan 4 guruhda ham ilk uçraşuvlar ötkaziladi. Tribuna.Uz juftliklarning öziga xos statistik körsatkiçlarini e'tiboringizga havola qiladi.

ReAL - APOEL (23:45)
- Bu ikki raqib 2011/12 YeÇL çorak finalida töqnaş kelişgan. Öşanda madridliklar umumiy 8:2 hisobida ğalaba qozongan.
- YeÇL da atigi 20 öyinda jamoasini maydonga boşlab tuşgan Zayniddin Zidan 2 marta uşbu turnirda ğolib çiqişga ulgurdi. Heç qaysi murabbiy şu paytgaça qatorasiga 3 marotaba ğolib böla olmagan.
- «Real» nafaqat YeÇLda, balki barça musobaqalarning har bir öyinida gol urib kelmoqda. Jamoaning sönggi golsiz öyini salkam bir yarim yil oldin YeÇL 2015/16 yarim finalida «Mançester Siti» (0:0) ga qarşi uçraşuv bölgandi.
- «Real» öz guruhidagi barça klub bilan YeÇL pley-offlarida öynagan.
TOTTeNHEM - BORUSSIYa DORTMUND (23:45, Matç! Futbol 1)

- Jamoalar ilgari faqat bir marta, 2015/16 Yevropa Ligasi nimçorak finalida töqnaş kelişgan. Ikki öyin natijasiga köra, nemis jamoasi 5:1 hisobida ustun kelgandi.
- «Tottenhem» Yevropa Çempionlar Ligasidagi sönggi 9 öyinning atigi 2tasida ğalaba qozongan. Ikki durang va beş mağlubiyat. Şuningdek, «Uembli»dagi oxirgi 3 YeÇL öyinida bir marta raqibdan ustun kelgan.
- «Tottenhem» ötgan YeÇL guruh öyinlarida boşqa bir nemis jamoasi «Bayyer»dan qolib ketgandi.
FeYYeNOORD - MANÇeSTeR SITI (23:45, Matç! Naş Sport)














