Kirish imtihonlarida ushbu qizcha 353 ball yig‘ib, informatika va elektron muhandislik fakultetiga qabul qilingan. U bu fakultetda 3 yil tahsil oladi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ushbu qizcha hech qachon maktabga bormagan, uni ota-onasi uyda o‘qitishgan. Qizchaning otasi u kelajakda doktorlik darajasi olishiga umid qilmoqda.
E'tiborli jihati, ushbu institutga Chjan Iven ikkinchi urinishda kirdi. O‘tgan yili u atigi 172 ball to‘plagan va tanlovdan o‘ta olmagandi.











