Bu yil 29 oktyabr kuni yangi tartib asosida informatika fanidan ötkazilgan attestatsiya imtihonlaridan qator öqituvçilar norozi bölib murojaat qilişmoqda. Xususan, Kun.uzʼga Qaşqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlaridan bir qança e’tiroz xatlari kelib tuşdi.
Qayd etilişiça, joylarda bölib ötgan test sinovlarida tizimlarda qotişlar, savollarda murakkabliklar yuzaga kelgan. Tahririyat quyida pedagoglardan yuborilgan murojaatlarni keltiradi.
“Hammasini batafsil yozmoqçiman, şunda ahvolimizni tuşunasizlar. 29 oktyabr kuni erta tongdan test böladigan binoga yetib keldik, ming hayajon bilan nazoratlardan ötib, kompyuter yoniga ötirdik. Lekin nazoratçilar “JŞŞR raqamlaringizni termay turinglar”, dedi. 30 daqiqalardan keyin nafasim qisilişni boşladi.
Yana 30 daqiqadan keyin çiday olmadim, xonada na bir ustozlar uçun suv bor, na bir taşqariga çiqqani qöyişadi. Oxiri mazam bölmaganini körib ruxsat berişdi, lekin testdan haliyam darak yöq edi. Toza havoga çiqib keldik, soat 11 larga yaqinlaşdi, “test işlab ketdi” degan xabar keldi, yana kirdik, test oçildi. 3 ta savolni işladimmi yoki yöq, ekranda“çetlaştirildingiz” degan yozuv paydo böldi, bu miyamizni yana bir bosimga tuşirdi, söngra nazoratçilar 15 daqiqalardan keyin oçib berişdi. [Bu holat] yana takrorlandi, yana ekran bloklandi. Bitta menda emas, butun xonadagi öqituvçilarda böldi”, – deydi öqituvçi.
“Vaqt töxtab turibdi” deyişdi, lekin orqa tomonimizda vaqt ötib borardi. Şu darajada stressga tuşdimki, hatto savollarni öqişga ulgurmay belgiladim. Şunça tayyorgarlik körib, mehnat qilganimiz yöqqa çiqdi. 1-toifaga topşirgandim, 66 ball bilan yiqildim. Bunday vaziyatga 1-marta tuşdim, 1-marta ustoz bölganimdan juda afsuslandim, bu qadar qadrimiz past bölmasa. Uyga kelsam qon bosimim 150, yoşim 30 da. Menda umuman qon bosimi yöq edi. Mana ahvol, haqiqatan ham bu turişda öqituvçilarni majruh qilib qöyişarkan”, – deydi yana bir pedagog.
Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanidagi maktablarning biridan yozgan yana bir öqituvçi ham test savollari vaqt nisbati bilan moslab tuzilmaganini ta’kidlagan.
“Bizga soat 8:00 da deyilgandi, soat 11:00 da boşlandi. [Keyin] “tizim işladi” deb kiritişdi. Işlaşni boşlagandim, bitta yeçaman, tizim qotib qoldi, bu holat bir neça marta takrorlandi. Bizga imkon berişsin, Qayta test topşiraylik, vaqtini uzaytirib beringlar”, – deydi yana bir pedagog.
“Imtihon jarayonida texnik nosozliklar kuzatildi. Savollar içida Rossiyaning

















