13-15 sentabr kunlari boşlanğiç ta'lim, ona tili va adabiyot, özbek tili, geografiya, biologiya fanlari öqituvçilari örtasida “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi – 2017” tanlovining respublika bosqiçi ötkazilmoqda. Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga köra, unda tanlovning hududiy bosqiçida eng yuqori natija körsatgan 68 nafar pedagog özaro bellaşadi.
2006 yildan buyon har yili an'anaviy ravişda ötkazib kelinayotgan tanlov joriy yilda yangiça körinişda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda taşkil qilindi.
Joriy yilda tanlov 3 bosqiçda (tuman (şahar), hududiy va respublika) taşkil etildi.
Öqituvçilarning tegişli fan böyiça kasbiy bilimlarini baholaş orqali ularning reytingini aniqlaş maqsadida tanlovning tuman (şahar) bosqiçida ötkazilgan on-layn test sinovlarida 16 fan böyiça respublika miqyosida jami 260 ming nafardan ortiq öqituvçilar iştirok etdi.
Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantiriş markazi tomonidan tanlov uçun maxsus elektron dastur tayyorlanib, test jarayonlarini taşkil etiş va natijalarini umumlaştiriş imkoniyati yaratildi. Bu öz navbatida tanlov jarayonlarini şaffof va oçiqligini ta'minlaş bilan birga uni markazlaşgan holda boşqarib boriş, öqituvçilar bilim saviyasini hududlar hamda fanlar kesimida tahlil qiliş imkonini berdi.
Tanlovning respublika bosqiçi test sinovlari, yozma iş, dars maşğuloti, zamonaviy AKT yordamida dars işlanma tayyorlaş kabi 4 ta şart böyiça taşkil etilib, iştirokçilar 100 ballik tizimda baholanadi.
Hakamlar hay'ati tomonidan tanlov qatnaşçilari iştiroki baholanib, unda ğolib deb topilgan iştirokçilar “Xalq ta'limi a'loçisi” kökrak-nişoni va vazirlikning qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlanadi.












