«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino «Bazel» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi (3:0) ğalabadan keyin jamoa yarimhimoyaçisi Pol Pogbaning holati yuzasidan ma'lumot berdi.
Frantsuz futbolçisi uçraşuvning 19-daqiqasida Maruan Fellayniga almaştirilgandi.
«U qança vaqt davomida maydonga tuşa olmasligini bilmayman. Uning muşaklarida muammo paydo böldi. Tajribamdan kelib çiqib aytişim mumkinki, bunday jarohatdan keyin tiklanib safga qaytiş uçun bir neça hafta kerak böladi», — degan Mourino.













