Qirğiziston prezidentligiga nomzod Temir Sariyev saylovçilar bilan uçraşişda davom etmoqda. Bugun u Çuy viloyatidagi bir neça şahar va qişloqlar aholisi tomonidan qöllab-quvvatlandi. Mahalliy aholining fikriça, Sariyev munosib prezident böla oladi. Odamlarning işonç bildirişiça, Sariyev avvalgidek oddiy odamlarning manfaatlarini himoya qiladi.
Odamlar siyosatçilarning yolğon va'dalariga işonmay qöyişgan, şu bois ular özgarişlarni istaşmoqda, deb yozadi 24kg naşri.
"Biz hukumat bosimidan qörqmaymiz va saylovlardagi ovozlarimizni sotmaymiz. Mamlakatimiz munosib yetakçiga ega bölişi uçun biz adolatli va haqqoniy saylovlar tarafdorimiz. Temir Sariyev — bizning prezidentimiz!", - deya qarşi oldi Sariyevni Kant şahri aholisi.
Öz navbatida, Temir Sariyev mamlakatda qat'iy va adolatli tartib örnatişni niyat qilgan.
"Men doim halol işlaganman va talabçan bölganman, heç qaçon özimni ayamaganman, kun-u tun işlaganman va bundan-da köp işlayman.
Mening dasturimda biz pensiyaning asosiy qismi 5 ming somdan kam bölişi kerak emasligiga doir punktni qöşdik. Bunga ikki yil davomida erişiş mumkin. Men buning imkoni bor ekanini körsataman.
Men halol işlaş mumkinligi va qisqa muddatda mamlakatni kötariş mumkinligini namoyiş qilaman. Mamlakatni kötariş uçun irodam va jasoratim yetadi", - dedi Temir Sariyev.












