Şveytsariyaning Henley & Partners kompaniyasi har yili  Jahon fuqarolik indeksini taqdim etadi. Navbatdagi reytingda Özbekiston 26,8 foiz bilan 116-örinni egalladi. Kompaniya saytida şu haqida ma'lum qilindi. 

Reytingni tuzişda mamlakat iqtisodiyoti, insoniylik salohiyatining rivojlaniş darajasi, jamoatçilik tartibi va barqarorlik, qisqa muddatli vizasiz safarlarni amalga oşiriş va xorijda vizasiz yaşaş imkoni va boşqa körsatkiçlar inobatga olinadi. 

Reytingga köra, Germaniya bu borada yetakçilikni qölga kiritdi - u 2017 yilda 82,7 foiz yiğişga muvaffaq böldi. 

Ta'kidlaş joizki, reytingning yuqori qismini Yevropa mamlakatlari band qilgan. AQŞ 29-örinda 68,8 foiz körsatkiç bilan qayd etilgan.

Qozoğiston 85-örin, Ozarboyjon - 107-örin, Qirğiziston 110-örinda, Tojikiston 121-örinda qayd etilgan. 

Röyxatni Janubiy Afrika respublikasi (JAR) va Afğoniston yakunlaydi.