Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 78 yil ichida ilk marotaba Trotskiy o‘ldirilgan muzo‘yar bolta namoyish etiladi
Vashingtondagi Xalqaro josuslik muzeyi kelasi yili, 78 yil ichida birinchi marta Lev Trotskiy o‘ldirilgan muzo‘yar boltani keng ommaga namoyish qiladi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
2018 yilda muzey yangi binoda ochiladi va kolleksiyani besh mingta yangi buyum bilan to‘ldiradi, ular orasida muzo‘yar bolta ham bor.
Gazetaning ta'kidlashicha, Trotskiy o‘ldirilgan jinoyat quroli ilk bora 1940 yilda, politsiya matbuot anjumanida ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng muzo‘yar bolta politsiyada saqlangan, so‘ng uni politsiyachi Alfredo Salas o‘zi bilan birga olib ketgan. Keyinchalik bolta uning qizi Ana Alisiyada bo‘lgan.
Ayol muzo‘yar boltani 40 yil davomida karavoti ostida yashirib kelgan va 2005 yilda savdolarga qo‘ygan. U pul olish maqsadida, uni Trotskiyning nabirasiga tekinga berishdan bosh tortgan hamda qurolni amerikalik kolleksioner Kit Meltonga sotib yuborgan. Aynan u muzo‘yar boltani josuslik muzeyiga taqdim etgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026