Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «G» guruhi. «Leyptsig»ga debyut ochko, Portugaliyada kutilmagan natija
Yevropa chempionlar ligasining G guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biroz kutilmagan natija qayd etildi.
Portugaliyada «Beshiktosh»ni qabul qilgan «Portu» kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kiritilgan to‘rttala golga ham turkiyalik futbolchilar mualliflik qildi. Ularning biri avtogolga aylandi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida YeChLda debyut qilgan bundesliga kashfiyoti «Leyptsig» o‘tgan yilgi musobaqa kashfiyoti «Monako» bilan bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Emil Forsberg mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, tez orada Yuri Tilemans hisobni tenglashtirib, yakuniy natijani o‘rnatgandi.
Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
G guruhi
RB Leyptsig (Germaniya) – Monako (Monako) 1:1 (1:1)
Gollar: Forsberg (32) – Tilemans (34).
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabittser, Demme, Ilzanker, Forsberg (Kampl, 63), Poulsen (Ogyusten, 80), Verner.
Monako: Benalo, Jyemerson, Glik, Jorjye, Sidibe (Gezzal, 84), Tilemans, Moutinyu, Diakabi (Keyta, 74), Fabino, Ture, Falkao (Karrilo, 89).
Ogohlantirishlar: Tilemans (10), Demme (26), Xalstenberg (72), Sidibe (81), Jyemerson (87).
Portu (Portugaliya) – Beshiktosh (Turkiya) 1:3 (1:2)
Gollar: Toshich (21, avtogol) – Taliska (13), To‘sun (28), Babel (86).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Korona (Andre Andre, 46), Oliver Torres (Otavio, 46), Marega, Danilu Pereyra (Ernani, 82), Braimi, Soares.
Beshiktosh: Fabrisio, Pepe, Erkin, Adriano (Uysal, 87), Toshich, Xatchinson, O‘zyaqub (Medel, 65), Taliska, Kuarejma (Negredo, 73), Babel, To‘sun.
Ogohlantirishlar: Rikardu Pereyra (11), Erkin (67), Andre Andre (81).
Mavzuga oid
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025
O‘zbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi
13:21 / 13.11.2024
Yevropa Ligasining «Makkabi» - «Beshiktosh» uchrashuvi Vengriyaga ko‘chirildi
21:13 / 21.10.2024