Andijon viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilişiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini foş qilişdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
“Döstlik” çegara bojxona kompleksi orqali qöşni davlatdan kirib kelayotgan xorijiy fuqaro Z.T.ning bojxonaçilar qarşisida bezovtalanişi bejiz emas ekan.
Uşbu ayol belgilangan tartibda va xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganda yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, 31 dona tilla taqinçoqlarni olib kirişga uringani foş böldi.
Bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida uşbu ayol uzuk va sirğalarni köylagining yoqasi ostiga yaşirinça tikib qöygan, şuningdek. 1 dona zanjirni köylagining uzun yengi ostidan bilagiga örab olgan ekan. Şu tariqa Z.T. qiymati salkam 23 mln. sömlik 114,6 gr. tillalarni noqonuniy ravişda olib kirmoqçi bölgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi xududiga jismoniy şaxslar tomonidan tovarlarni aksiz soliği solinmasdan olib kirişning ruxsat etilgan me'yorlariga muvofiq umumiy oğirligi 30 grammdan ortiq bölmagan qimmatbaho toşlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagaça zargarlik buyumlarini olib kirişga ruxsat etiladi.












