«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino jarohatdan söng tiklanayotgan hujumçi Zlatan Ibrahimoviçni safga qaytişga şoşilmaslikka çaqirdi.
«Bizda unga ehtiyoj bor va uni kutmoqdamiz, ammo u sabrli bölişi, hissiyotlar berilmasligi hamda aqlsizlik bilan iş tutmasligi kerak. U tezroq tiklaniş istagida ekanini bilaman, biroq hammasi asta-sekinlik bilan borişi lozim. Biz u safga qaytişini xohlamoqdamiz, biroq, şu bilan birga, juda yaxşi holatda kelişini ham istaymiz», - dedi Mourino.
Ibrahimoviç aprel oyida tizzasidan jiddiy jarohat olgandi. Kutilişiça, u «MYu»ga YeÇL guruh bosqiçi öyinlarida yordam bera olmaydi.












