Yaponiya Taşqi işlar vazirligining ogohlantirişiça, mamlakat AQŞ va Janubiy Koreya bilan KXDR rahbariyatiga «misli körilmagan darajada» bosim ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Tomonlar KXDR tomonidan röy berayotgan fitna harakatlariga yöl qöymaslik lozimligi va sönggi raketa parvozi tufayli qat'iy çoralarni köriş haqida bir fikrga kelişdi. Bundan taşqari, tomonlar «Yaponiya-AQŞ», «Yaponiya-AQŞ-Janubiy Koreya» şakllarida qalin hamkorlik qilişga kelişib oldilar. Bu şu paytgaça misli körilmagan darajada bosim ötkaziş va KXDRni öz siyosatini özgartirişga majburlaş uçun kerak», - deya ma'lum qilişgan vazirlikdan.

Yaponiya taşqi siyosat idorasining bunday bayonoti mamlakat TIVning Osiyo va Okeaniya departamenti rahbari Kendzi Kanasuganing AQŞ davlat departamentining KXDR masalalari böyiça maxsus vakili Jozef Yun hamda Janubiy Koreya TIVning Koreya yarim orolidagi tinçlik va xavfsizlik işlari böyiça maxsus vakili Kim Xon Gyun bilan ötkazgan muzokaralaridan söng e'lon qilindi.

Avvalroq OAV BMT Xavfsizlik Kengaşi bugun KXDR tufayli favqulodda yiğiliş ötkazişi haqida xabar bergandi.