12 sentabr kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani tasvirlangan video «Kun.uz» saytida e'lon qilindi. Videotasvirda hokim Egamberdiyev 8 öqituvçini urib, haqorat qilayotganini köriş mumkin. Jumladan, öqituvçilarga baqirib, «iflos», «padari la'nat» kabi haqoratlar bilan birga, direktorlarning yelka va yuziga zarba berayotganini köriş mumkin.
Prokuratura tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan boğliq vaziyatni tekşirişni boşladi. Mazkur tekşiruv natijasida Egamberdiyev işdan çetlatilişi bilan birga, unga qarşi qonunda belgilangan barça çoralar körilişini kutib qolamiz. Şu bilan birga, hodisa bilan boğliq bölgan ba'zi mulohazalar bilan bölişamiz.
Inson şa'ni oliy qadriyat
Videotasvirda Egamberdiyev öz harakatlarini «Mustaqillik, vatan bayrami» kabi sabablar bilan oqlayotganini köriş mumkin. Maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga öqituvçilarni olib kelmagani uçun döpposlangan. Tasvirda maktab direktorlari «Vatan mustaqilligi sening mustaqilliging emasmi? Bayrammasmi?» deya söroqqa tutilgan.
Bunday hodisa birinçi marta röy berayotgani yöq. Avval ham «Paxta davlat siyosati» kabi asossiz sabab va oqlaşlar bilan yuzlab öqituvçilar, hamşiralar, öquvçilar paxta dalalariga majburiy yuborilgani, bunday safarbarlikni taşkillaştirişda «kamçiliklarga» yöl qöygan kişilar kaltaklangani kuzatilgan.
Şu örinda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasini eslaşimiz lozim. Mazkur moddaga binoan, Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi. Mazkur prinsipga köra, inson, uning erkinligi, şa'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Demak, inson şa'ni va qadr-qimmati umuminsoniy qadriyat bölib, heç qanday mansabdor şaxs, davlat bayrami yoki davlat siyosati inson şa'ni va qadr-qimmatini toptaşga asos böla olmaydi.
Davlat boşqaruvida islohotlar qiliş payti keldi
Egamberdiyevning xatti-harakatlari kundalik hayotimizda davlat boşqaruvi qanday amalga oşirilayotganidan ham dalolat beradi. Samara hali ham baqir-çaqir, haqoratlar va döpposlaşlar bilan amalga oşirilişiga işonadigan mutasaddi şaxslar borligini körsatadi. Davlat boşqaruvida rahbar va işçi örtasidagi munosabatlar heç qaçon haqorat va kaltaklaşlarga yöl oçib bermasligi kerak. Rahbar vazifalarini bajarmagan işçini vazifasidan çetlatadi va örniga işni biladigan, vazifalarni bajara oladigan kişini tayinlaydi. Nega bizda şunday qilinmayapti?












