Cassini zondi Saturndan so‘nggi suratlarni jo‘natmoqda
Cassini koinot qurilmasi o‘zining 20 yillik missiyasi nihoyasiga yetishiga bir necha soat qolganda Saturn orbitasidan Yerga so‘nggi suratlarni jo‘natishni boshladi. Fotosuratlarning so‘nggi porsiyasi Yerga Toshkent vaqti bilan soat 2.45da jo‘natila boshlangan.
NASA koinot agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan bir necha soatdan keyin qurilmaga tormoz impulsi beriladi va u Saturn atmosferasining yuqori qatlamlariga kirib, yonib ketadi. Bu vaqt qurilmaning antennasi Yer tomonga qaratilgan bo‘ladi va u oxirigacha ilmiy ma'lumotlarni jo‘natishda davom etadi.
Cassini zondi Saturnga 1997 yilda uchirilgan va NASA’ning oxirgi o‘n yilliklardagi eng muvaffaqiyatli missiyasiga aylangandi. U bilan birga Saturn yo‘ldoshi Titanga qo‘ngan Huygens qurilmasi jo‘natilgan edi. Shu yillar davomida qurilmalar tomondan Saturn, uning halqalari haqida ko‘plab ma'lumotlar yig‘ilgan, ko‘plab kashfiyotlar qilingan.
Mavzuga oid
09:41 / 23.11.2020
Dekabrda 800 yil ichida birinchi marta yuz beradigan noyob astronomik hodisa kuzatiladi
20:51 / 08.10.2019
Saturn sayyorasi yo‘ldoshlari soni bo‘yicha rekordchiga aylandi
14:26 / 30.01.2019
Saturnda bir sutka qancha davom etishi aniqlandi
23:32 / 05.10.2018