UYeFA rasmiy sayti Yevropa çempionlar ligasining 1-turidagi eng yaxşi futbolçi nomini e'lon qildi.
Hafta öyinçisi bölişga da'vogar 8 nafar futbolçi orasida «Liverpul» yarim himoyaçisi Muhammad Saloh ğolib çiqqan.

Misrlik bu futbolçi mersisaydliklarning «Sevilya»ga qarşi öyinida ikkinçi golni urgan, ammo jamoa bu ustunlikni saqlab qola olmadi va uçraşuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bu nom uçun Kriştianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»), Neymar («PSJ»), Xames Rodriges («Bavariya») va Tayson («Şaxtyor»), Romelu Lukaku («Mançester Yunayted») va Harri Keyn («Tottenhem») ham da'vogar bölgandi.
Haftaning eng yaxşi futbolçisi nomi muxlislar bergan ovoz natijalariga köra aniqlanadi.












