2017 yil 14 sentabr kuni Davlat bojxona qömitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari uçun mazkur markazning kinologiya sohasida xalqaro hamkorlik borasida amalga oşiriyotgan çora-tadbirlari va ularning samarasiga bağişlangan matbuot anjumani taşkil qilindi.
Tadbirning ayni şu kunlarda ötkazilgani bejiz emas. Boisi, joriy yilning 10-16 sentabr kunlari Milliy kinologiya markazi Mustaqil davlat hamdöstligiga a'zo davlatlar örtasida kinologiya sohasidagi hamkorlikni yanada kuçaytirişga qaratilgan bir qator nufuzli tadbirlarga mezbonlik qilmoqda.
Muhim haftalik doirasidagi tadbirlarga MDH davlatlari bojxona xizmatlari rahbarlarining kinologiya faoliyati böyiça Huquqni muhofaza qiliş bölinmalari boşliqlari qömitasi Işçi guruhining ön yettinçi majlisi, MDH davlatlari bojxona ma'muriyatlari kinologiya xizmatlarining köpkuraş böyiça VII musobaqasi, Narkotik vositalarni izlaş uçun xizmat itlarini tayyorlaşga yangi zamonaviy uslublarni tatbiq etiş masalalalari böyiça amaliy seminar hamda Özbekiston va Belarus bojxonasi kinologiya xizmatlari vakillarining ikki tomonlama işçi uçraşuvlari kiritilgan.



Mazkur tadbirlarda iştirok etiş uçun poytaxtga Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Qozoğiston va Qirğizistondan vakillar taşrif buyurişdi.
Haftalikning yorqin tadbirlaridan biri MDH davlatlari bojxona ma'muriyatlari kinologiya xizmatlarining köpkuraş böyiça VII musobaqasi bölib, 14 sentabr kuni uşbu bellaşuvning tantanali yopilişi va ğoliblarni taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi.
Milliy kinologiya markazi va Oliy harbiy bojxona institutining amaliy maşğulotlar maydonida 3 kun davomida bölib ötgan mazkur musobaqada 13 nafar kinologlar öz xizmat itlari bilan bagaj va qöl yukida, yengil va yuk avtotransport vositalarida, xonalarda giyohvand vositalarni qidiriş, buyruqlarga böysuniş kabi bir neçta yönalişlarda öz mahoratlarini sinovdan ötkazişdi.


















