AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Mayk Pompeo eng sönggi lahzada Harvard universitetida ma'ruza öqişdan boş tortdi. Bu taklif etilgan mehmonlar röyxatiga WikiLeaks saytiga axborot yetkazib beruvçi Çelsi Menning ham kiritilganidan söng yuz berdi.
«Menning xonim öz davlatiga xiyonat qildi va maxfiy ma'lumotning WikiLeaks’ga sizib çiqişi böyiça 17 ta jiddiy jinoyatlarda aybdor, deb topilgan», - deya Pompeoning bayonotini keltiradi AFP.
Uning qöşimça qilişiça, Menning taklif etilgan joyda ma'ruza öqib, Markaziy razvedka boşqarmasi «işonçiga xiyonat qilmoqçi emas».
Keça WikiLeaks informatori va Oq uyning sobiq matbuot kotibi Harvardda ma'ruzalar öqişlari xabar berilgandi.












