Rolls-Royce kompaniyasi nomi köp holatlarda milliarderlar uçun juda qimmat avtomobillar haqida tasavvur uyğotadi. 1906 yilda asos solingan Britaniyaning maşhur işlab çiqaruvçisi avto, kemalar va samolyotlar uçun dvigatellar hamda energetik uskunalarga ixtisoslaşgan bölib, bugungi kunda bozordagi qiymati 10 milliard funt sterlingdan ortiqni taşkil etadi. Kompaniya rahbariyati noyob boşqaruvçisiz kemani yaratiş böyiça rejalarini oçiqladi, u eng sönggi texnika bilan jihozlanadi.

60 metrlik kema soatiga 46 kilometr tezlikka çiqişi, bir urinişda 3500 dengiz milyasini bosib ötişi hamda muhim (şu jumladan, harbiy ham) missiyalarni 100 kun davomida bajarişi mumkin. Missiyaning içiga patrul olib boriş, ta'qib etiş, kuzatuv olib boriş, minalarni izlaş va boşqalar kiradi. Dvigatel qurilmasi öz içiga ikkita Rolls-Royce MTU 4000 generatorini qamrab oladi va kemani 4 megavatt elektroenergiya bilan ta'minlaydi. Quyoş panellari esa akkumulyatorlarni uzoq vaqt davomida quvvatlantirib turiş imkoniga ega.

Kema zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bölib, ular orasida sun'iy idrok, unça katta bölmagan dronlar armiyasi, şuningdek, kemaning harakatlanişida yordam berib turuvçi turli-tuman sensorlar bor. Kema boşqa kemalarni mustaqil aniqlaşi mumkin, hamda agarda, bu jangovar vazifada belgilangan bölsa, u bilan uçraşişdan qoçişi mumkin. Maxsus uskunalar orqali hattoki juda çuqur masofada ham “yaşirinib” olgan duşman suvosti kemalari payqalişi imkoni bor.

Bölajak kema yaratuvçilarining işonç bildirişiça, dron-kemalar kişilar boşqaruvi ostida bölgan kemalarni yaqin kelajakda almaştirişi imkonsiz böladi. Biroq, ularni harbiy flotga joriy etiş hamda şu tariqa, inson omili bilan boğliq bölgan xatarlarni kamaytiriş mumkin. Hozirça kema haqida deyarli heç narsa ma'lum emas, biroq Rolls-Royce kompaniyasi yaqin oylar içida batafsil ma'lumot berişni va'da qilmoqda.