Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi, London metrosidagi portlash terakt sifatida baholandi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey London metrosida portlash yuz bergani tufayli favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazadi.
Sky News’ning xabar berishicha, yig‘ilish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da bo‘lib o‘tadi.
«Mening fikr-o‘ylarim «Parsons Grin»da jarohatlanganlar va terrorchilik xurujini jasurlik ila qabul qilgan tezkor xizmatlar bilan birga», - deya ma'lum qildi Mey.
Reuters tarqatgan xabarga ko‘ra, Skotlend-Yard «Parsons-Grin» bekatidagi portlashni terrorizm bilan bog‘liq hodisa sifatida baholamoqda.
«Komissar yordamchisining o‘rinbosari Neyl Basu, aksilterrorchilik bo‘limining katta muvofiqlashtiruvchisi ro‘y bergan holatni terrorizm bilan bog‘liq hodisa sifatida e'lon qildi», - deya ma'lum qilishgan politsiyadan.
Avvalroq London metrosining «Parsons-Grin» bekatida portlash yuz bergani xabar qilingandi.