Çexiya taşqi işlar vaziri Lubomir Zaoralek bölgan Audi A8 avtomobili yöl-transport hodisasiga uçradi. Bu haqda Novinky.cz portali TIV vakili Irena Valentovaga asosan xabar bergan.
«Yöl-transport hodisasi oqibatida taşqi işlar vaziri jarohatlandi, u Brno şahridagi şifoxonaga olib ketildi. U boşidan jarohat oldi, biroq hozirda ahvoli umuman olganda barqaror. Şifoxonadan unga uyda davolanişi uçun javob berib yuborişdi», - deya ta'kidlab ötdi Valentova.
Aniqlik kiritilişiça, hodisa Çexiya janubi-şarqida yuz bergan.
Bundan taşqari, ma'lum bölişiça, yöl-transport hodisasi oqibatida olti kişi turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga olib ketilgan.
Avvalroq, NATO boş kotibi korteji Polşada yöl-transport hodisasiga uçragani xabar qilingandi.












