Mobil qurilmalar tezligini ölçaşga möljallangan AnTuTu dasturi yaratuvçilari dunyodagi eng kuçli smartfonlar yangi reytingini taqdim qilişdi. Bu reyting avgustdagi sinovlar natijalariga köra tuzilgan.
Reytingga hamon Xitoyning OnePlus 5 smartfoni boşçilik qilmoqda, undan keyin esa yangi HTC U11 smartfoni, iyunda çiqqan ZTE Nubia Z17 hamda Samsunğning S8+ va Galaxy S8 smartfonlari kelmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlaşlariça, oktabrda çop etiladigan keyingi reytingning yetakçisi yangi iPhone’lardan biri bölişi mumkin.
Apple’ning yangi qurilmasi ekani taxmin qilinayotgan qurilmalardan bittasi iPhone taqdimoti oldidan AnTuTu reytingida 201 ming ballik unumdorlik bilan qayd qilingandi. Bu esa joriy reytingdan örin olgan istalgan qurilma körsatgan unumdorlikdan balandroqdir.


















