Köksaroydagi muzokaralardan söng Özbekiston – Qozoğiston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Qöşma bayonotni imzoladilar.
Davlat çegaralari ötkaziş punktlari va avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va modernizatsiyalaş hamda tutaş hududlarni obodonlaştiriş böyiça yöl xaritasi, Özbekiston Respublikasi bilan Qozoğiston Respublikasi örtasida suvga oid munosabatlar sohasida hamkorlik böyiça yöl xaritasi, Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Qozoğiston Respublikasi hukumati örtasida energetika sohasidagi hamkorlikning ba'zi masalalari töğrisida bitim, Harbiy-texnikaviy hamkorlik töğrisida bitim, Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi bilan Qozoğiston Respublikasi Moliya vazirligi örtasida kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşişda hamkorlik töğrisida bitimlar, "Özbekiston temir yöllari" aksiyadorlik jamiyati bilan "Qazaqstan temir joli" Milliy kompaniyasi örtasida strategik hamkorlik töğrisida bitimga imzo çekildi.
Mamlakatlar hududlarining töğridan-töğri aloqalariga asos böladigan hujjatlar ham qabul qilindi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozoğiston viloyati hokimligi, Toşkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozoğiston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qizilörda viloyati hokimligi örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida memorandumlar imzolandi.
Şuningdek, taşrif doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi bilan Qozoğiston Respublikasi Aktobe viloyati hokimligi örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida memorandum, Jizzax viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozoğiston viloyati hokimligi örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik töğrisida memorandum, Özbekiston Milliy axborot agentligi bilan “Kazinform” xalqaro axborot agentligi örtasida memorandum imzolangan.












